Badiiy jamoalar uchun ijodiy sinov boshlandi

21 Nov, 2023 - 16:04
293
Badiiy jamoalar uchun ijodiy sinov boshlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Surxondaryo viloyati madaniyat  boshqarmasi tizimida jami 60 ta unvonga ega bo‘lgan jamoalar faoliyat olib borayapti. 

Ayni paytda viloyatidagi  unvonga ega bo‘lgan jamoalar uchun navbatdagi ijodiy sinov jarayonlari tashkil etilgan.
Xususan, Jarqo‘rg‘on tuman madaniyat markazida boshqarma tasarrufidagi tuman (shahar) madaniyat markazlaridagi  “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalari ijodiy sinovdan o‘tkazildi.

Jarayonda jamoalar tarkibida ijodkorlarning ijro mahorati, badiiy saviyasi hamda repertuarining mazmunan boyligiga ham alohida urg‘u berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash