“Teatr oʻz vazifasini bajaryapti” – Malika Iskandarova

21 Nov, 2023 - 20:46
295
“Teatr oʻz vazifasini bajaryapti” – Malika Iskandarova

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek hamda rafiqasi Zarifaxonim Saidnosirova hayoti va ijodiy merosiga bagʻishlangan “Barhayot chinor” spektakli sahnalashtirildi.

Teatr bosh rejissyori Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Malika Iskandarova spektakl rejissurasi haqida soʻzlab oʻtdi: 

“Barhayot chinor” spektakli ijodkorlarimiz repertuaridagi eng zoʻr spektakllardan biri boʻldi, deb oʻylayman. Rejissyor sifatida Shuhrat Ibragimov ancha ulgʻaydi. Shu yili yoz oyida Moskva shahrida boʻlib oʻtgan MDH, Boltiqboʻyi va Gruziya davlatlari yosh rejissyorlari laboratoriyasida malaka oshirib kelgani ham ancha samara berdi. 

Shuhrat Ibragimov koʻp teatr uslublarini oʻylaydi va sahnada qoʻllaydi, oʻzining rejissyorlik yondashuvi, sahnaviy yechimlari, mohirona qarashlari bor. Shuhrat pyesani oʻzi yozganligi spektaklning muvaffaqiyatli chiqishiga xizmat qildi. Chunki Oybek va Zarifaxonim ijodiy merosini toʻliq oʻrganib, butunlay ularning xotirasi bilan yashadi. Tarixiy drama postanovkasining har bir epizodiga yangicha qarash va mahorat bilan yondashdi. 

“Barhayot chinor” spektakli inson qalbini larzaga soladi. Teatr oʻz vazifasini bajaryapti, yaʼni sahna asari orqali inson qalbini larzaga solib, uni maʼnaviyatini boyishiga va dunyoqarashini kengayishiga xizmat qilmoqda. “Barhayot chinor” tarixiy dramasi tomoshabinga katta maʼnaviy ozuqa beradi va ishonamanki, asarning muvaffaqiyati hali oldinda!”

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash