Qishning birinchi kuni muhim anjuman bilan boshlanadi

24 Nov, 2023 - 16:07
335
Qishning birinchi kuni muhim anjuman bilan boshlanadi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekiston teatr san'ati: dramaturgiya va rejissuraning dolzarb masalalari” mavzusida  respublika ilmiy-amaliy  konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyati musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mazkur anjumanda  madaniyat va san'at sohasidagi islohotlar negizida teatr san'atini yanada rivojlantirish, dramaturgiya, rejissura hamda rassomlik faoliyatidagi dolzarb masalalar, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar muhokama qilinadi.  

Konferensiya doirasida 7-10 sentyabr kunlari Parkent ijod uyida o‘tkazilgan “Nigoh” ijodiy seminarida g‘olib deb topilgan “Ustozim” spektaklining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash