Madaniyat karvonining navbatdagi manzili Andijon viloyati boʻldi

27 Nov, 2023 - 08:30
315
Madaniyat karvonining navbatdagi manzili Andijon viloyati boʻldi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Joriy yilning 25-noyabridan boshlab, “Madaniyat karvoni” Andijon viloyatidan o‘z safarini boshladi. 

Ilk manzil: “Navroʻz HALL” savdo majmuasi yonida hamda Xoʻjaobod tumanining  markaziy o‘yingohida oʻtkazildi. 

Konsert dasturlarida estrada yulduzlari Mirodil Hakimov, Gʻanisher Abdullayev shuningdek, "Artist" teleloyihasi g‘oliblari Shoxruh Ergashev hamda Abror Doʻstov, shu bilan birga Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Andijon viloyati boʻlimlarining xonandalari ishtirok etdi. 

Konsertga minglab aholi va ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan hamda uyushmagan yoshlar tashrif buyurdi.

Andijon viloyati boʻylab tashkil etilayotgan “Madaniyat karvoni” oʻz yurishida davom etadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash