“Doʻstlik klubi” aʼzosi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik natijalariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi.

28 Nov, 2023 - 15:03
308
“Doʻstlik klubi” aʼzosi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik natijalariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Hamkorlik doirasida shu vaqtgacha teatr uchun moddiy koʻmak berildi, shuningdek, teatr binosini taʼmirlash, kerakli texnik jihozlar bilan taʼminlash ishlari bajarildi. Ehtiyojlar uchun transport vositalari va turli uskunalar uchun mablag’ ajratildi. 

Ijodiy gastrollar, turli adabiy kechalar, premyeralar oʻtkazilishi uchun koʻmak berib kelinmoqda. Teatr jamoasi oʻtgan 5 yil davomida homiylik ko’magi asosida Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlariga xalqaro gastrollar uyushtirgan. Mazkur hamkorlik belgilangan "Yo'l xaritasi" bo'yicha davom etadi.

Matbuot anjumanidan so’ng, Raqamli texnologiyalar vazirligi g’oyasi asosida sahnalashtirilgan rejissyor Malika Iskandarovaning “Game over” spektakli premyera qilindi. 

Mazkur spektakl zamonaviy kompyuter texnologiyalariga bag’ishlangan bo’lib, yosh avlodni bilimli bo’lishga, kitob o’qishga, IT va zamonaviy bilimlarni egallashga o’rgatadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash