"Buyuklarni yod etib"

28 Nov, 2023 - 15:23
399
"Buyuklarni yod etib"

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Kuni kecha Toshkent shahar Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida adabiy-badiiy anjuman bo'lib o'tdi.

Mazkur anjuman “O‘zbek jadidchilik harakatining yetuk namoyondasi, ma'rifatparvar olim Munavvar qori Abdurashidxonov tavalludining 145 yilligi hamda O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 120 yilligi”ga bag‘ishlandi.

Unda adabiyot va san’at vakillari, ustozlar, adabiyotshunos olimlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Anjumanda ikki buyuk shaxsning ijodiy merosidan namunalar taqdim etildi. Shuningdek, adabiyotshunos olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash