Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz – umumxalq muhokamasidan o‘tgan, xalqimiz xohish-istaklari namoyon bo‘lgan tarixiy hujjatdir!

07 Dec, 2023 - 19:02
316
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz – umumxalq muhokamasidan o‘tgan, xalqimiz xohish-istaklari namoyon bo‘lgan tarixiy hujjatdir!

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz bir yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, barcha yurtdoshlarimizni  bayram munosabati bilan samimiy  tabriklab, sihat- salomatlik, oilaviy baxt tilab o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi qayd etildi.

Tantanali tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.

Bayram tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash