"Ma'naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

09 Dec, 2023 - 16:50
300
"Ma'naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan boʻlib mazkur eʼtirofga jamiyatda maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga munosib hissa qoʻshayotgan davlat xizmatchilari va bir qator jamoatchilik vakillari sazovor boʻladi. 

Joriy yil yakunlari boʻyicha “Maʼnaviyat fidoysi” koʻkrak nishoniga maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli targʻibot dasturlarini tashkil etish va oʻtkazishda qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Madaniyat vazirligining boshqarma boshligʻi Jamshidbek Niyazbekov ham munosib deb topildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash