Vakillarimiz xalqaro maydonda e'tirof etildi

11 Dec, 2023 - 13:45
277
Vakillarimiz xalqaro maydonda e'tirof etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Xabaringiz bor, joriy yilda Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahri TURKSOY xalqaro tashkiloti tomonidan  “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deya e'lon qilingan edi. Yil davomida turk dunyosi madaniyatini targ‘ib qilib, turli madaniy tadbirlar o‘tkazib kelgan Shusha o‘z maqomini yakunlaydi.  
  
Shu munosabat bilan Shushada tashkil etilgan madaniy tadbirda turkiy dunyo madaniyat, san'at va OAV vakillari, tarixchi, san'atshunoslar jam bo‘lgan. Xususan, O‘zbekistondan ham. 

Marosim doirasida  TURKSOYning 2023- yil uchun Media mukofoti va TURKSOYning maxsus mukofoti bizning vakillarimizga ham nasib etdi – Madaniyat gazetasining bosh muharriri Dilbahor Xudoyberdieva hamda "O‘zbekiston 24" telekanali derektor o‘rinbosari Shunqor Choriev “2023 yil TURKSOY faoliyatni keng yoritgan jurnalist” lar qatoridan joy oldi.

Mukofotlanganlarga an'anaga ko‘ra: mehnatlaringizning xalqaro maydondagi e'tirofi muborak bo‘lsin!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash