Teatrlarda yangi yil tomoshalari boshlandi

14 Dec, 2023 - 09:59
277
Teatrlarda yangi yil tomoshalari boshlandi

Matbuot xizmati

12 dekabr kuni Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar uchun bayram tuhfasi sifatida "Yovuzlik malikasi yohud yangi yil ertagi" musiqiy spektakli premyera qilindi.

Mazkur spektakl bolalarga bayram kayfiyatini ulashadi. Unda yangi yilni nishonlash uchun harakat qilayotgan ertak qahramonlarining quvonchini o‘g‘irlashga ahd qilgan Yovuz malikaning hiylalari va ushbu yovuzlikni yengish uchun bel bog‘lagan ijobiy qahramonlarni ezgulik sari qadamlari qiziqarli tomoshalar, raqslar bilan ko’rsatiladi.

"Yovuzlik malikasi yohud yangi yil ertagi" bayram tomoshasi 26-dekabrga qadar davom etadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash