Muborak tumani Madaniyat markazida navbatdagi konsert dasturi

14 Dec, 2023 - 14:01
256
Muborak tumani Madaniyat markazida navbatdagi konsert dasturi

Matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston xalq artistlari aka-uka Gʻofurjon va Gʻulomjon Eshjonovlar hamda Xorazm maqom ansambili jamoasining shou konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 

Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan konsert davomida o‘zbek klassik durdona asarlari, san’at xazinalari ijro etildi. Dastur yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash