Ijodiy sinov komissiyasi- Sirdaryoda

15 Dec, 2023 - 09:00
281
Ijodiy sinov komissiyasi- Sirdaryoda

Matbuot xizmati

Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika komissiyasi ishtirokida joylarda “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Bolalar namunali jamoalari” ni ijodiy sinovdan (attestatssiyadan) o‘tkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 2023-yil 14-dekabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tizimidagi 23 ta unvonga ega bo‘lgan xalq havaskorlik jamoalari uchun ijodiy sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy sinov jarayonida Sirdaryo viloyatidagi ashula va raqs xalq ansambllari, xalq dorbozlik jamoalari, xalq teatrlari, sirk va xalq raqs jamoalari ishtirok etdilar.

Loyiha doirasida o‘z mahoratlari bilan ijodiy sinov davomiyligini yorqin qila oldilar.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash