Bir surat tarixi

08 Jan, 2024 - 18:39
254
Bir surat tarixi

Matbuot xizmati

1962-yili suratga olingan “Sen yetim emassan” filmi oʻzbek kinosining durdonalaridan biri hisoblanadi. Film hayotiy voqealarga asoslangan boʻlib, unda toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmedov va uning turmush oʻrtogʻi Bahri aya Akramovalarning II jahon urushi paytlarida ittifoqning turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har xil millatga mansub 14 nafar bolani boqib olgani haqida hikoya qilinadi. 

Ushbu kinokartina bir qator kinofestivallarning mukofotiga sazovor boʻlgan. Film rejissyori Shuhrat Abbosov 1972 hamda 1974-yillari “Sen yetim emassan”, “Toshkent – non shahri” va “Abu Rayhon Beruniy” filmlari uchun qator mukofotlar bilan taqdirlangan.

Suratda “Sen yetim emassan” filmining eng asosiy qahramonlari – Lutfixonim aya Sarimsoqova, Obid Jalilov va ularning farzandlarini ijro etishgan yosh isteʼdodlar aks etgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash