Rasmiy munosabat

09 Jan, 2024 - 22:40
249
Rasmiy munosabat

Matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatida madaniyat xodimlariga tarqatilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Yangi yil bayrami sovg‘asi bilan bog‘liq holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i I.To‘rayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. 

O‘rganish davomida ma'lum bo‘lishicha, Mirishkor tumani madaniyat bo‘limiga Kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar yil davomida noto‘g‘ri taqsimlangan. Natijada Yangi yil bayrami sovg‘alari uchun yetarli miqdorda mablag‘ qolmagan va xodimlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. 

Mazkur kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullardan tushuntirish xatlari olinib, ularga nisbatan chora ko‘rildi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash