“Mahallada duv-duv gap” navbatdagi ma’naviy ma’rifiy tadbirning ijodiy manzili

11 Jan, 2024 - 14:30
230
“Mahallada duv-duv gap” navbatdagi ma’naviy ma’rifiy tadbirning ijodiy manzili

Matbuot xizmati

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shioiri ostida mahallalarda ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi ezgu loyihaning mehmoni O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi bo‘lib, tashkil etilgan tadbirlarida ishtirok etishmoqda.

Xususan ustoz san’atkorlar Farida Umarova, Hakima Otaxonova, Bahodir Nishonov, Shamsiqamar Mansurova, Yodgora Ziyomuhammedova mazkur tadbirlarda ijodiy uchrashuvlari, davra suhbatlari, sahna ko’rinishlari bilan faol ishtirok etishmoqda.

Tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida  nuroniylar, yoshlar bir qator soha hodimlari va mahallar faollari ishtirok etishdi.

Shuningdek, san’at va madaniyat sohasidagi erishilgan yutuqlar va qo‘yilayotgan ilg‘or rejalar haqida so‘z yuritildi. “Bu kabi uchrashuvlardagi jonli muloqotlar orqali biz yurtdoshlarimiz qalbida san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada jonlantiramiz va unutilmas taassurot uyg‘ota olamiz” deya ijodiy kunga xulosa qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash