Kamoliddin Rahimov xotirasiga bagʻishlangan festival o‘tkazildi

13 Jan, 2024 - 10:56
205
Kamoliddin Rahimov xotirasiga bagʻishlangan festival o‘tkazildi

Matbuot xizmati

Namanganda el suygan hofiz Kamoliddin Rahimov xotirasiga bagʻishlangan festival o‘tkazildi, shuningdek, muzey ochilishi bo‘lib o‘tdi. 

Joriy yilning 12-yanvar kuni Namangan shahridagi 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Oʻzbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov qoʻshiqlari” Respublika festivali oʻtkazildi. Unda vodiy viloyatlari, poytaxt hamda Qashqadaryodan yuzlab havaskor va mohir sanʼatkorlar ishtirok etdilar. 

Festivalda Namangan, Toshkent, Farg'ona, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha iste'dod egalari ishtirok etdi. Munosib bo‘lgan ijodkorlarga, o‘z nominatsiyalari bo‘yicha maxsus qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Qolaversa, festival doirasida hofiz tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbir namoyishi tashkil etildi.

Ayni vaqtda Kamoliddin Rahimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida bir qator tashabbuslar amalga oshirilish bo‘yicha ish ko‘zda tutildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash