Rasmiy munosabat

13 Jan, 2024 - 22:19
223
Rasmiy munosabat

Matbuot xizmati

Fuqaro Islam Karimbayev (Islam Kaparzo) Facebookdagi sahifasida oʻtgan asrning 50-yillarida qurilgan musiqa maktabi binosi sotib yuborilgani va bugungi kunda ushbu inshoot buzilish arafasida ekani haqida maʼlum qilgan

Shuni maʼlum qilamizki, Angren shahar “Yangiobod” MFY Gʻafur Gʻulom koʻchasi 34-“A” uyda joylashgan hamda “musiqa maktabi” ekani iddao qilinayotgan ushbu bino bugungi kunda Angren shahar Madaniyat boʻlimi balansida emas.

Muqaddam Angren shahar Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufida boʻlgan mazkur bino koʻp yillar davomida boʻsh turgani hamda foydalanilmagani sababli shahar hokimining 2015-yil 23-fevraldagi farmoyishiga asosan hokimlik balansiga oʻtkazilgan.

Mazkur bino Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan  Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilganiga oid maʼlumot vazirlikda mavjud emasligini bildiramiz.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash