Spektakl taqdimoti

12 Jun, 2022 - 18:08
418
Spektakl taqdimoti

Axborot va matbuot xizmati

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi shakllanishi va madaniy merosida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan konferensiya doirasida Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida Jizzax viloyati musiqali drama teatri repertuaridan o‘rin olgan “Toj” spektakli namoyish etildi.

Ushbu spektakl Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissori Farhod Boynazarov tomonidan Sulton Rayevning “Toj” psixologik dramasi asosida sahnalashtirilgan bo‘lib, konferensiya mehmonlari e’tiboriga ilk taqdimot sifatida havola qilindi.

Spektakl so‘ngida asar muallifi, Turksoy xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayevga esdalik sovg‘alari topshirildi. Spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori Farhod Boynazarov bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

Madaniyat.uz  | Telegram| Facebook  | Instagram| YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash