Madaniyat xodimlari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda

15 Jul, 2022 - 12:00
494
Madaniyat xodimlari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 14-iyulidan e’tiboran hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘quv-seminarlari boshlandi.

Unda mas’ul mutaxassislar tomonidan ta’limga oid islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish asoslari, ijro intizomi, moliya-xo‘jalik, konsert-tomosha, teatrlar va madaniyat markazlari faoliyati yuzasidan ma’ruzalar o‘tilib, o‘quv-seminari ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilmoqda.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash