Bu kitoblarni farzandlarimiz, albatta, oʼqishi kerak

21 Jul, 2022 - 10:00
489
Bu kitoblarni farzandlarimiz, albatta, oʼqishi kerak

Axborot va matbuot xizmati

Bugun qoʼlimizga mutolaa qilishga arziydigan adabiyotlar jamlanmasi yetib keldi. Аniqrogʼi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tuhfa etildi. 

Milliy uygʼonish, millatning oʼzligini anglash, “adabiyot yashasa, millat yashaydi” degan qaygʼu bilan kurashgan jadid bobolarimiz hayoti va adabiy merosi jam boʼlgan ushbu kitoblarni varaqlash asnosida bildikki, bu shunchaki oʼqiladigan kitoblar emas...

Umri, ijodi suronli davr, tahlikalar ostida oʼtgan ajdodlarimiz – jadidchi namoyondalarimiz haqida hikoya qiluvchi, bizga maʼlum boʼlmagan jihatlarini bildirguvchi bu kitobni farzandlarimiz ham, albatta, oʼqishlari kerak. Zotan, bu mutolaa ularning maktablarda, oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek, OАV orqali olgan barcha bilimlarini yanada mustahkamlab, jadidchi maʼrifatparvar bobolarimiz haqidagi bor savollariga javob topishlariga koʼmak beradi. 

Kitob javonimizning shunday durdonalar bilan boyishiga hissa qoʼshgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, xususan, Аlisher Saʼdullaevga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Ozodbek Nazarbekov,
Madaniyat vaziri                                                                                                                                                                                                                                                               
  

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash