“Raqslar jilosi” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlario‘tkazildi

15 Sep, 2022 - 10:00
424
“Raqslar jilosi” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlario‘tkazildi

Axborot va matbuot xizmati

Mamalakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning iqtidorlarini namoyish etishi uchun keng maydon yaratish va ularni doimiy rag‘batlantirish maqsadida Madaniyat vazirligi huzuridagi Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan “Raqslar jilosi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Mazkur ko‘rik-tanlovning hududiy tuman (shahar) viloyat bosqichlari iyul-avgust oylari davomida yuqori saviyada o‘tkazildi.  Ko‘rik-tanlovda jami 2000 nafardan ortiq ijodkor yoshlar ishtirok etishgan bo‘lib, ular orasidan 500 nafardan ziyod ishtirokchi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishdi.

Ushbu  ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmalari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar hamda diplom bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash