O‘zbekistonlik yosh raqqosalar Bokuda o‘tkazilgan xalqaro festivalda yetti yo‘nalish bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritdi

01 Feb, 2023 - 11:30
588
O‘zbekistonlik yosh raqqosalar Bokuda o‘tkazilgan xalqaro festivalda yetti yo‘nalish bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritdi

Axborot va matbuot xizmati

25-30 yanvar kunlari  Ozarboyjon shahrida “Raqs kaleydoskopi” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival  Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi tomonidan “Koinot” yoshlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magi ushbu xalqaro festivalda jajji raqqosalardan tashkil topgan O‘zbekiston delegasiyasining ishtiroki ta'minlandi.

Raqs festivalida, shuningdek, mezbon mamlakat, Qozog‘iston va Turkiya vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha o‘zbekistonlik raqqosalar tomonidan namoyish etilgan madaniy chiqishlar tanlovning 7 yo‘nalishida eng yaxshi ijro, deb topildi. Yakunda O‘zbekiston delegasiyasi festivalning eng kuchli jamoasi nomini qo‘lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash