Aktrisa Ra'no Shodiyeva Hindistonda "Eng yaxshi ayol obrazi" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi

01 Feb, 2023 - 11:47
496
Aktrisa Ra'no Shodiyeva Hindistonda "Eng yaxshi ayol obrazi" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Ra’no Shodieva Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali (NFDC) ning “Eng yaxshi ayol obrazi”  nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
 
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Central Asian Trade Company (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida suratga olingan “Ayol qismati” filmi real voqeliklarga asoslangan.

Kinokartinada “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida timsolida ta’sirli tarzda yoritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash