Kuzgi sevgi simfoniyasi

09 Sep, 2023 - 18:00
705
Kuzgi sevgi simfoniyasi

Unutilmas oqshom va ochiq osmon ostidagi takrorlanmas shou

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri 2023-yilning 9-sentabr kuni “Open-air” formatidagi yangi 94-teatr ijodiy mavsumining tantanali ochilishi marosimini teatri qarshisidagi Favvoralar maydonida nishonlaydi. Katta gala-konsertga teatrning yetuk solistlari, simfonik orkestri bilan bir qatorda dunyoga mashhur opera yulduzlari ham taklif etilgan.

Mehmon yulduzlar orasida o'z sehrli ovozi bilan ko'plab mamlakatlarda tomoshabinlarni hayratda qoldirib kelayotgan "Opera divasi" yoki "Zamonimizning eng yaxshi sopranolaridan biri" deya e'tirof etiluvchi  Veronika Djioeva (Rossiya), Mariinskiy teatrining eng yorqin solistlaridan biri Ariunbaatar Ganbaatar(Rossiya, Mongoliya), Praga Milliy teatrining solisti va xalqaro tanlovlar laureati Veronika Xeynova (Chexiya) kabilar bor. Shuningdek, sevimli solistlarimiz va maestro Yerbolat Axmedyarov (Qozog‘iston) boshchiligida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining simfonik orkestri ishtirokida jozibali va durdona klassik asarlar muhitiga sho'ng'iysiz. 


"Open Air" - ochiq osmon ostida sizga eng jo'shqin tuyg'ularni hadya etib, uzoq vaqt davomida qalbingizda o'chmas taassurot qoldiradigan ajoyib kechadir. 


Do'stlaringiz, yaqinlaringiz, oila a'zolaringiz bilan tashrif buyuring va ajoyib oqshomdan bahramand bo'ling.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash