Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasida joylashgan bo‘sh yer maydonida madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish

02 Nov, 2023 - 15:49
404
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasida joylashgan bo‘sh yer maydonida madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish

Davlat-xususiy sheriklik

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasida joylashgan bo‘sh yer maydonida madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi bo‘lgan boshqa talabgorlarga ma’lum qilish taklifi to‘g‘risida

 

 

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “AKBAR AZIM OMAD” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi, Namozgoh ko‘chasida joylashgan madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’mirlash va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini hamda ushbu hudud aholisi uchun umumovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv markazlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish honasi hamda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun umumovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, shu bilan birga markazda turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasida joylashgan madaniyat markazini madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarni madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida 45 (qirq besh) kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

 

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

 

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va takliflarni 2023-yil 16-dekabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak

Loyihaga qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107 B-uy (Madaniyat vazirligi).

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning tashabbuskori hamda qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash