Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani “Povulg‘on” madaniyat markazini DXSHga berish

18 Jan, 2024 - 14:56
443
Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani “Povulg‘on” madaniyat markazini DXSHga berish

Davlat-xususiy sheriklik

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, “Yangi Chek” MFYda joylashgan “Povulg‘on” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi bo‘lgan boshqa talabgorlarga ma’lum qilish taklifi to‘g‘risida

 

 

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “FROZEN FRUITS 777” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, “Yangi Chek” MFYda joylashgan madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’mirlash va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini hamda ushbu hudud aholisi uchun maishiy xizamt ko‘rsatish muassasalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv markazlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish zali hamda maishiy xizamt ko‘rsatish shaxobchakarini tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga markazda aholi uchun turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borishi rejalashtirilgan.

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, “Yangi Chek” MFYda joylashgan   madaniyat markazini madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarni madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq, potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdor talabgorlarni aniqlash maqsadida, davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida eʼlonga joylashtirildi.
 

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash