Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani A.Avloniy nomidagi madaniyat markazini DXSHga berish
09 Sep, 2023 - 14:16
484
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani A.Avloniy nomidagi madaniyat markazini
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, At-Termiziy ko‘chasi 72-uyda joylashgan
A.Avloniy nomidagi madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta qurish
va jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishidan manfaatdorligi bo‘lgan boshqa
talabgorlarga ma’lum qilish taklifi to‘g‘risida
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor RAKAT-CULTURE” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, At-Termiziy ko‘chasi 72-uyda joylashgan A.Avloniy nomidagi madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta qurish va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish hamda ushbu hudud aholisi uchun madaniy ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazadigan markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, markazda zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv markazlari, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Markazda aholi uchun turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, At-Termiziy ko‘chasi 72-uyda joylashgan A.Avloniy nomidagi madaniyat markazini madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarda madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq, tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.
Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va takliflarni 2023-yil 23-oktyabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi lozim.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B-uy (Madaniyat vazirligi).
“Davlat xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.