Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Bo‘stonliq ko‘chasi 8-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini DXSHga berish

09 Sep, 2023 - 15:28
532
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Bo‘stonliq  ko‘chasi 8-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini DXSHga berish

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Bo‘stonliq ko‘chasi 8-uy manzilida joylashgan madaniyat markazi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Bo‘stonliq ko‘chasi
8-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini
davlat-xususiy sheriklik
asosida qayta ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishidan 
manfaatdorligi bo‘lgan boshqa talabgorlarga ma’lum qilish taklifi to‘g‘risida

 

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “FARABI US” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Bo‘stonliq ko‘chasi 8-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’mirlash va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish hamda ushbu hudud aholisi uchun madaniy ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazadigan markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda zamonaviy to‘garaklar, jamoalar, o‘quv markazlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar o‘tkazish zali, shuningdek, ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi yoshlarga kitob savdosi, “book café” hamda 1-11-sinfgacha maktab tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga markazda aholi uchun turli madaniy ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib borishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Bo‘stonliq ko‘chasi 8-uy manzilida joylashgan madaniyat markazini madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarni madaniyat va sanʼat sohasiga yaqin boʻlgan, shuningdek, xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-son Qonuniga muvofiq, tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida qirq besh kalendar kuni muddatda eʼlonga joylashtiriladi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va takliflarni 2023-yil 23-oktyabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha topshirilishi kerak.

Loyihaga qiziqish bildirish uchun soʻrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahri, Amir Temur shoh kochasi, 107B-uy (Madaniyat vazirligi).

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning tashabbuskori hamda qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʻtkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash