"Turk dunyosi san’at universitetlari birligi" mavzusida Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
16 Mar, 2023 - 11:50
521
Axborot va matbuot xizmati
Turksoy tashkilotiga a’zo davlatlar — O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston san’at va madaniyat oliygohlari rektorlarining "Turk dunyosi san’at universitetlari birligi" mavzusida navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda san’at va madaniyatga ixtisoslashgan oliygohlar professor-o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashishi, talabalar o‘rtasida turli tanlovlar tashkil etish va boshqa ko‘pgina loyihalarni birgalikda amalga oshirish borasida fikrlar almashildi.
Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Talabalar teatr festivali”ni oʻtkazish masalalari kelishib oldindi.
Kengashga keyingi ikki yil davomida Qozog‘istondagi Temur Jo‘lgenov nomidagi San’at akademiyasi rektori rahbarlik qiladigan bo‘ldi.
Yigʻilish soʻngida “Temirbek Jurgenov xotira yili”ga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi.