Ijodiy sinov jarayonlari davom etmoqda
23 Nov, 2023 - 14:24
298
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika komissiyasi, joylarda “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Bolalar namunali jamoalari”ni ijodiy sinovdan o‘tkazmoqda.
Navbatdagi sinov jarayonlari Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi. Bugungi kunda 34 ta xalq havaskorlik hamda bolalar namunali jamoalari faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan, jamoalarning so‘ngi uch yil mobaynida amalga oshirgan ishlari, repertuari, badiiy va ijodiy saviyasi, ijro mahorati sinovdan o‘tkazildi.