Havaskorlik jamoalari navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazildi
28 Nov, 2023 - 16:01
343
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Unvonga ega bo‘lgan havaskorlik jamoalarini attestatsiyadan o‘tkazish davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 25-27 noyabr kunlari Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tizimidagi 57 ta Xalq havaskorlik ansambllari va namunali bolalar jamoalari ijodiy sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu jamoalarning badiiy ijodkorligiga hamda ijro mahoratiga alohida urg‘u berildi.
Qolaversa, ijodiy jamoalarning badiiy hisobotlari respublika komissiyasiga to‘liq jonli ijroda namoyish etildi.