Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tomoshalari taqdim etilmoqda
01 Dec, 2023 - 17:10
278
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Bugun O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 442-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilariga “Bolakay va Madagaskar” spektakli ijro etildi.
Shuningdek, xayriya tadbirida nuqsonli bolalar uchun sho’x musiqa va raqslar, interaktiv o’yinlar va ijodiy suhbatlar o’tkazildi.