Mehr-muruvvat oyligi
20 Dec, 2023 - 16:00
267
Matbuot xizmati
Dekabr oyi “Mehr-muruvvat oyligi” e'lon qilinganligi munosabati bilan 19- dekabr kuni Madaniyat vazirligi tomonidan Xalqlar do‘stligi san’at saroyida xalqimiz uchun “Nogironlar huquqi” nomli xayriya konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Dildora Kunuzoqova tomonidan vatanparvarlik ruhida mehr- muhabbat, sadoqat timsolida go‘zal qo‘shiqlari bilan konsert dasturini boshlab berdi.
Unda bir guruh estrada xonandalari ham ishtirok etdi. Dildora Kunuzoqova ijodidagi bir qancha kuy-qo‘shiqlarni tomoshabinlar katta olqishlar bilan kutib oldi.