San'at namoyondalarini yod etib
21 Dec, 2023 - 11:59
252
Matbuot xizmati
O‘zbek san’at xazinasining durdonasi bo‘lgan, O‘zbekiston xalq hofizi, professor Fattohxon Mamadaliyevning ijodiy bisotidan o‘rin olgan sara musiqiy namunalar ijrosida bugun Xotira kechasi tashkil etildi.
Xotira kechasining badiiy qismi konsert dasturiga ulanib, unda atoqli sozanda, xonanda va bastakorlar tomonidan, xalq hofizi Fattohxon Mamadaliyevning ijodiy bisotidan o‘rin olgan yirik asarlari ijro etildi.
Konsert dasturida O‘zbekiston xalq hofizlari Mahmudjon Yo‘ldoshev, Abdunabi Ibragimov, ustoz hofizning shogirdlari Bahodirjon Dadajonov, O‘lmas Olloberganov, F.Mamadaliyevning nabirasi, O‘zMMSI talabasi Fazliddin Abdupattoyev kabilar bilan bir qatorda ustaning nabira shogirdlari Doniyor Nazarov, Feruz Norov, Salohiddin Abdufattoyev, Asilbek Abdurasulov, O‘zMMSI talabalari Sherzod Mardonov, Asqar Temirov, Mirshod Quvondiqovlar ijro etdi.
Bundan tashqari konsert dasurida T.Qahhorov boshchiligidagi Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi o‘qituvchilar ansambli, M.Xalilov boshchiligidagi O‘zMMSI “Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi o‘qituvchilari ansambli ham faol ishtirok etdi.