Premyera!
11 Jan, 2024 - 13:00
228
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri hamkorligida Nafas Shodmonovning “ABU MUIN Nasafiy” tarixiy dramasi premyerasi namoyish etildi.
Yoshlarni turli diniy-siyosiy oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetini shakllantirishda “Abu Muin Nasafiy” spektakli muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist VALIXON UMAROV tomonidan sahnalashtirilgan “ABU MUIN NASAFIY” spektakli teatrning iqtidorli ijodlari tomonidan keng jamoatchilik vakillari e’tiboriga havola etildi.
Abu Muin Nasafiyning Islom dinimizning sofligini saqlash yo'lidagi xizmatlari ushbu asarda yaqqol namoyon bo'l‘ladi.