“Abdulla Oripov” badiiy filmi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi
19 Jan, 2024 - 17:21
349
Matbuot xizmati
2024-yil 1-11-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “42- FAJR” xalqaro kinofestivaliga ishtirok etish uchun jahonning 87 davlatidan 621 ta film jo‘natilgan. Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi ham kinofestivalga bir nechta o‘zbek filmlarini jo‘natgan. Festival tashkilotchilarining xabariga ko‘ra, kinofestivalning asosiy tanlov filmlari “short list”iga “Abdulla Oripov” filmi tanlab olingan.
Ma’lumot uchun, ushbu festival 1983-yildan beri Eronning Tehron shahrida o‘tkazilib kelinadi.