O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

12 Jan, 2024 - 19:07
210
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Matbuot xizmati

12-yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. 

 

Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari, shuningdek, sud-huquq organlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, qabul jarayonlarini odilona va shaffof tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 

Mas’ul idoralar vakillari tomonidan bu boradagi kamchiliklar tanqidiy tahlil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi. So‘zga chiqqanlar bu boradagi fikr va mulohazalari bilan bo‘lishishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash