SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisobot berdi

17 Jan, 2024 - 11:43
219
SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisobot berdi

Matbuot xizmati

Kecha, 16-yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda markazning 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi, 2024-yildagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilanib, ish rejasi tasdiqlandi, muvofiqlashtiruvchi kengash va nazorat-taftish komissiyasi a’zolari yangi tarkibi tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, SHHTning xalq diplomatiyasi markazi O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Tashqi ishlar, Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Turizm qo‘mitasi, OʻzFA, Badiiy akademiya, Yoshlar ittifoqi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasining uning muassislari hisoblanadi.

SHHT mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda, delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish; SHHT mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga koʻmaklashish; SHHT mamlakatlarining madaniy-gumanitar sohada erishgan yutuqlari to‘g‘risida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borish markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilangan.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash