Rahbar tashrifi

17 Jan, 2024 - 12:02
189
Rahbar tashrifi

Matbuot xizmati

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 15-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida  O‘zbekiston Respublikasi davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi hamda Namunali “Maqom” ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan tanishdi.

Dasturda milliy musiqa san’atini tiklash, yosh ijodkorlarning yangi repertuarlarini saralash, bastakor va shoirlar bilan hamkorlikda yangi musiqa asarlari tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, ushbu yangi musiqiy asarlarni xorijiy davlat sahnalariga olib chiqish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda vazirlik tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash