“Rahbar va ijodkor yoshlar uchrashuvi” Jizzax viloyatida
21 Dec, 2023 - 18:09
239
Matbuot xizmati
Ijodkor yoshlar muammolarini o‘rganish, taklif va mulohazalar bilan tanishish, ularga zaruriy shart- sharoitlar va imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yilning 20- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmedov Bahodir Madjidovich ishtirokida “Rahbar va ijodkor yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Bahodir Axmedov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar xususida atroflicha to‘xtaldi va ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida ulkan yutuqlarga erishgan yoshlar haqida gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Bahodir Axmedov Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan folklor - etnografik jamoalarning faoliyati bilan tanishib, jamoalarning yangi repertuarlarini yaratish, hududga xos sahna liboslarini tayyorlash yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Jizzaxda o‘tgan “Rahbar va ijodkor yoshlar” uchrashuvi ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.