Erkin iqtisodiy kinohududlar barpo etiladi

07 Jan, 2024 - 14:09
211
Erkin iqtisodiy kinohududlar barpo etiladi

Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yigʻilishi bayonida kinematografiya sohasini iqtisodiyot bilan uygʻun holda rivojlantirishga doir bir qator vazifalar belgilab berilgan. 

“Tirik tarix” turkumida yurtimizning koʻp ming yillik tarixiga bagʻishlangan 50 ta badiiy film yaratishga oid prezident qarori loyihasini hamda Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida “Erkin iqtisodiy kinohududlar” barpo etish boʻyicha konsepsiyani ishlab chiqish, jadidlar hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi film-vikipediyalar turkumini yaratish, sohaga mahalliy mutaxassislar (animatorlar)ni tayyorlash boʻyicha jahon tajribasini qoʻllagan holda oʻquv kurslarini tashkil qilish shular jumlasidan.

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov tomonidan Kinematografiya agentligida oʻtkazilgan yigʻilishda mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash masalalari muhokama qilindi, birinchi galda amalga oshiriladigan vazifalar hamda ularning ijrosi taqsimlab berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash