Prezident qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

06 Jan, 2024 - 19:28
226
Prezident qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Matbuot xizmati

Madaniyat vazirligida 6-yanvar kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yil 22-dekabrda oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yigʻilishi hamda “Aholiga madaniy xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Vazirning birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov, vazir oʻrinbosari Murodjon Madjidov topshiriqlarni bajarishda belgilangan muddatlardan ogʻishmaslik, hamkorlikda ijrosi taʼminlanadigan masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan vazifalarni taqsimlab olish lozimligini alohida taʼkidlashdi. Amalga oshirilayotgan ishlarni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish boʻyicha vazifalar belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash