Yakuniy xulosalar
25 Dec, 2023 - 16:36
292
Matbuot xizmati
25-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tizimidagi “Xalq havaskorlik ansambli” va “Namunali bolalar jamoasi” ijodiy jamoalarning attestatsiya natijalariga bag’ishlangan respublika komissiyasining yakuniy xulosalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida attestatsiya sinovida ishtirok etgan ijodiy jamoalar faoliyatining muhokamasi o’tkazilib, yakuniy xulosalar e’lon qilindi.
Shuningdek, endilikda havaskorlik jamoalari bilan ishlash boʻyicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi.