San'atimiz vakillari taqdirlanishdi
22 Dec, 2023 - 18:40
286
Matbuot xizmati
"O‘zbekkonsert“ davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan “Ustoz-shogird an’anasi davom etadi”, deb nomlangan hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov bir qator ustoz san’atkorlar va yosh ijodkorlarga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliqlarni o‘z egalariga topshirdi.
Bu esa san’at yo‘lida samarali mehnat qilgan ijodkorlarga ko‘rsatilgan yana bir yuksak e’tibor natijasi bo‘ldi.