“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Toshkent viloyatida
23 Dec, 2023 - 17:00
250
Matbuot xizmati
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng ko‘lamda imkoniyat yaratish maqsadida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmedov Baxodir Majidovich rahbarligida 21-dekabr kuni Toshkent viloyatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar davomiyligida Baxodir Axmedov tomonidan yoshlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishliklari xususida takliflar berildi.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik jamoalarning yangi repertuarlarini yaratish, unda xalqimizning tarixi, qadriyat va an’analarini kelajak avlodga yetkazish xalq jamoalarining asosiy vazifasi ekanligi takidlandi.