“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
24 Dec, 2023 - 15:18
293
Matbuot xizmati
Yuksak marralarni koʻzlagan Yangi Oʻzbekistonning ishonchi va tayanchi boʻlgan yoshlar maʼnaviyati, tafakkurini oʻstirish, madaniyatini yuksaltirish hozirgi davrning eng dolzarb masalasi boʻlib turibti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tavsiyasi va topshiriqlari asosida Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan targʻibot ishlari ham shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
23-dekabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” mizda ham madaniyat va sanʼat sohasida tahsil olayotgan va ijod qilayotgan yoshlar ishtirok etishdi. Hozirgi davr yoshlari atrofidagi voqealarga befarq boʻlmagan qiziquvchan, intiluvchan, gʻayratli, shijoatli yoshlardir. Faqat ularning bu qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish uchun eng avval ularning tafakkurini shakllantirish zarur. Buning uchun biz nima qilyapmiz? Shu savol barchamizni oʻylantirishi kerak. Chunki 40 millionlik jamiyatimizda mafkuraviy uygʻonishga juda katta ehtiyojimiz bor, zero yoshlarimiz orasida kattagina tarqoqlik borligini inkor etolmaymiz...
Toʻgʻri, soʻnggi yillarda isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadidagi islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Lekin, yoshlarning gʻoya va takliflarini oʻrganish, shu bilan birga Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, madaniyat va sanʼat sohasida bunyodkorligi va soha rivoji yoʻlidagi fidoyiligi va tashabbuskorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Uchrashuvda shu masalalarga eʼtibor qaratdik, yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutdik. Ayon boʻldiki, ertangi kun egalari boʻlgan yoshlarimizning intellekti, kuch –gʻayrati, shijoati oldimizga qoʻyilgan barcha marralarni, yuksak choʻqqilarni zabt etishga qodir. Taʼkidlaganimizdek, biz kattalar yoshlar bilan birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib ezgu maqsadlar sari olgʻa intilishimiz, ularni ruhlantirishimiz zarur.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov