Xalqchil san’atni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
09 Jan, 2024 - 18:00
243
Matbuot xizmati
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov rahbarligida bo‘lib o‘tgan Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining Vasiylik kengashi yig‘ilishida “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda askiya san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kelishib olindi, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.