Rahbar va yoshlar uchrashuvi navbatdagi manzilda
10 Jan, 2024 - 17:01
285
Matbuot xizmati
Talaba yoshlarni qo‘llab quvvatlash va ularga keng ko‘lamda imkoniyat yaratish maqsadida joriy yilning 10- yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov tomonidan O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida har bir soha yo‘lida kerakli bilim va ko‘nikmalar olish hamda vatan oldidagi sharafli burchini, ota- onalar ishonchini oqlash haqida so‘z yuritdi.
Mazkur uchrashuv davomida talaba yoshlarga Bahodir Axmedov yuqori mativatsiya va kelajakdagi ishlariga yangi g‘oyalar hamda kerakli maslahatlar berib o‘tdi. Har bir ijodkor yoshlarga zafarlar tiladi.